Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Murojaatga asosan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan oʻtkazilgan surishtiruv oʻtkazilganda nomaʼlum shaxs devorga oʻrnatilgan panjarani buzib 200 AQSh dollari qiymatidagi agregatni yechib oʻgʻirlab ketganligi aniqlandi.
Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 23 yoshli shaxs (M.M) aniqlanib, qoʻlga olinib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻirlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.