Konditsioner tufayli pnevmoniya rivojlanishi mumkin

    Rossiyalik terapevt Tatyana Romanenko konditsionerni notoʻgʻri ishlatilishi ogʻir kasalliklarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Mutaxassis xonadagi haroratni asta-sekin pasaytirish kerakligini taʼkidladi. Bunday holda, gipotermiya (organizmda haroratning odatdagidan pasayishi)ni oldini olish uchun konditsionerdan tarqalayotgan havo oqimi odamga yoʻnaltirilmasligi kerak.

    “Agar havo oqimi odamga yoʻnaltirilgan boʻlsa, gipotermiya xavfi ortadi. Faqat tomoq ogʻrigʻi emas, hatto pnevmoniyaga chalinish ham mumkin. Bunday yozgi pnevmoniya oldida baʼzi virusli infeksiyalar hech narsa boʻlmay qoladi.

    Shifokor konditsionerlarni muntazam tozalashga chaqirdi, chunki ular ichida bakteriyalar, mogʻor va qoʻziqorin sporalari toʻplanishi mumkin. Konditsionerni tozalash turli yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.