Ko'ngilli volontyorlar

    Fikr 16 Noyabr 2020 2575

    Aytishim kerakki volontyorlar hozirgi sinovli kunlarda ularning xizmatlari beqiyosdir.

    Xususan, O'zbekiston yoshlar ittifoqi faol sardorlari, oliy o'quv yurti talabalari va boshqa kasb egalari volontyor bo'lishmoqda. Yurtimizda yaqinda ish boshlagan volontyor.uz sayti ishga tushdi. Ushbu sayt volontyor bo'lishni xohlovchilar uchun yaratilgan. Volontyorlik 2 xil turda bo'ladi.

    Birinchisi, ijtimoiy sohada ikkinchi soha esa tibbiy sohada "Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash" vazirligi tomonidan yaratilgan 1197 "Call-markazi" ga kelgan ehtiyojlarni yutqazib beradi. Tibbiy soha esa 103, 1003, viloyat va shaharlardagi "Call-markaz" da kelgan chaqiruvlarga tibbiy maslahat beradi.

    Viloyatimizda ham volontyorlarning soni talaygina. Ular tibbiy sohada ham ijtimoiy sohada ham faollar.

    Volontyorlarning eng katta vazifasi muxtoj oilalarni qo'llab quvvatlashdir. Bizning niyatimiz yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtimizdan koronavirus balosi ketib volontyorlar safi ko'payaversin!

    Mirfayzbek Abdullayev,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 4-maktabning o'quvchisi