Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qildi.

“Ituri viloyatida so‘nggi 24 soat ichida 23 ta yangi holat va ikkita o‘lim qayd etildi. Shifoxonalarda 391 nafar bemor bor. To‘qson ikki kishi to‘liq sog‘ayib ketdi”, deyiladi bayonotda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ituri viloyati kasallik o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda, unda 874 ta Ebola bilan kasallanish holati va 201 ta o‘lim qayd etilgan.

Hozirgi Ebola epidemiyasi 15 may kuni Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida boshlangan. Qo‘shni Ugandada ham epidemiya qayd etilgan, deb xabar berdi report.az.