Mamlakat Prezidenti Feliks Chisekedi hukumatga sodir bo'lgan voqeani o'rganish, sabablarini aniqlash va kelgusida shunga o'xshash hodisalarning oldini olish uchun barcha choralarni ko'rishni topshirdi, deyiladi portal xabarida.
O'z navbatida Reuters 80 kishining barchasi halok bo'lganini xabar qilmoqda.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lum qilishicha, bortida 272 yo'lovchi bo'lgan ikki kema tushdan keyin Mushi bandargohidan chiqib ketgan. Olti soatdan keyin ulardan birining dvigateli to'xtab qoldi, qorong'uda kema toshlarga urilib, cho'kib ketdi. Ikki kemadan 185 kishi qirg'oqqa yetib keldi. Qolganlarini qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi report.az.