Kongo Demokratik Respublikasida qayiqning daryoda ag'darilib ketishi oqibatida 25 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Kongo Demokratik Respublikasi markazidagi Kongo daryosida kemaning ag'darilishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Actualite axborot portali xabar berdi.

    Unga ko'ra, halok bo'lganlar bilan birga bedarak yo'qolganlar ham bor, qutqaruv va qidiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bortida 50 nafar yo'lovchisi bo'lgan kema Kindu shahridan yo'lga chiqqan va noaniq sabablarga ko'ra ag'darilib ketgan, deb xabar beradi report.az.