Kongo Demokratik Respublikasining sharqida kuchli yog'ingarchilik oqibatida suv toshqinlari va ko'chkilar sodir bo'ldi, 401 kishi halok bo'ldi.
Janubiy Kivu viloyati gubernatori Teo Ngvaning aytishicha, to'rt kun oldin yoqqan yomg'ir daryolarning toshib ketishiga sabab bo'lib, Bushushu va Nyamukubi qishloqlarini suv bosgan.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, 4,3 mingga yaqin odam bedarak yo'qolgan. Zarar ko'rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.