Kongo Demokratik Respublikasida vazirni olib ketayotgan samolyot yonib ketdi

    Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) sanoat vaziri Lui Kabambani olib ketayotgan samolyot aeroportda sirpanib, yonib ketdi.

    Bu haqda Actualite portali xabar berdi.

    Hodisada hech kim jabrlanmagan. Bortda 20 kishi bo'lgan. Vazirning tashrifidan maqsad avvalroq katta ko'chki sodir bo'lgan kobal`t konida qutqaruv ishlarini tekshirish edi.

    16-noyabr kuni KDR janubidagi noqonuniy mis konida katta ko'chki sodir bo'ldi, oqibatda 32 nafar konchi halok bo'ldi. Buning sababi haqida ikkita taxmin ilgari surildi. Rasmiylar bu hodisani kuchli yomg'irdan keyin sodir bo'lgan ko'chkilar bilan bog'lamoqda, ammo undan oldin qurolli qo'riqchilar va konchilar o'rtasida mojaro kelib chiqqan va u otishma bilan yakunlangan. Otishma paytida qo'lbola ko'prik qulab tushgan va ko'chkiga sabab bo'lgan, deb xabar berdi lenta.ru.