Konimexda bir kunda 27 nafar fuqaroning ish staji tiklandi

    Loyiha doirasida 5 turdagi zamonaviy laboratoriyaning ishga tushurilishi va unda 45 dan ortiq xizmatlar koʻrsatilishi nazarda tutlmoqda.

    Bugungi kunda agrar soha rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarda fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash maqsadida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) yoʻlga qoʻyilgan. Natijada ular tomonidan yangi innovatsion bilim va texnologiyalar keng joriy etilishi bilan bir qatorda agroxizmatlar ham koʻrsatiladi.

    Oʻzbekiston Republikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 6159-sonli farmoni, “Oʻzbekiston Republikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 4975- sonli qarori mazkur yoʻnalishdagi ishlarda dasturil-amal boʻlmoqda.

    Shu asosga koʻra Navoiy viloyatida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Navoiy agroxizmatlar markazi tashkil etildi.

    Markaz oʻz faoliyatida qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi doirasida xizmatlar tizimini yoʻlga qoʻyish, qishloq xoʻjaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar asosida olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish, fermer xoʻjaliklari, agosanoat klasterlari va kooperativlari hamda xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yoʻlga qoʻyish singari bir qator vazifalarni qamrab olgan. Bu yerda malakali mutaxassislar tomonidan qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga oid ilmiy asoslangan maʼlumotlarni olish imkoni mavjud.

    Mazkur hududiy markaz tomonidan “yagona darcha tamoyili” asosida davlat-xususiy sherikchilik shartlarida 100dan ortiq agrosanoat majmuiga oid xizmatlar koʻrsatiladi. Shuningdek markazda 16 yoʻnalishdagi davlat xizmatlari 165 turdan ortiq, 18 yoʻnalishdagi xususiy xizmatlar 200 turdan ortiq xizmatlarni amalga oshiradi

    Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, 2022-yildan hududda soha faoliyatiga oid yirik loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Loyiha doirasida 5 turdagi zamonaviy laboratoriyaning ishga tushurilishi va unda 45 dan ortiq xizmatlar koʻrsatilishi nazarda tutlmoqda. Bundan tashqari 9 ta sayyor laboratoriya ham tashkil etilib, ularning viloyatdagi fermer xoʻjaliklari hamda agrobiznes vakillariga xizmat koʻrsatishi moʻljallanmoqda.

    Qolaversa, markaz xodimlarining malaka oshirib borishiga alohida eʼtibor beriladi. Shu bois, istiqbolda hududda 20 ta xalqaro va 30 dan ortiq respublika ilmiy-amaliy anjumanlari tashkil etish maqsad qilib olingan.

    Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati