Bugundan Oʻzbekiston davlat Konservatoriyasiga kirish imtihonlari boshlandi.

Ana shu munosabat bilan Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov Konservatoriyada boʻlib, mavjud shart-sharoitlar hamda ijodiy imtihon jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Qayd etish lozimki, 2021-2022 oʻquv yili uchun boʻlib oʻtadigan kirish imtihonlari qatʼiy nazorat ostida oʻtkaziladi.

Mazkur jarayonda xolislik va shaffoflikni taʼminlash borasida oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati tomonidan barcha choralar koʻrilgan.

Shuningdek, kirish imtihonlarini konservatoriya.uz sayti orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kirish imtihonlari karantin talablariga toʻliq amal qilgan holda oʻtkaziladi.