Qarorga koʻra:
Filial Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
– kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va taʼlimning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
– milliy musiqa sanʼati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega boʻlgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
– ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
– talaba yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda taʼlim olishi, ilmiy- ijodiy ishlar bilan shugʻullanishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yoʻlga qoʻyish;
– kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yana-da rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yoʻnalishga keng jalb etish;
– soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka oʻtashlarini tizimli tashkil etish.
Filialda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Filialga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilish koʻrsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Filialning 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻtkaziladi.