Konstitutsiya demokratiya va insonparvarlik uchun kurashning mevasidir

    Bosh Qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan.

    Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan farmon va qonunlarda inson shaʼni, eʼtiqod erkinligi, huquq va erkinliklari eng oliy mezon sifatida qaraladi.

    Jumladan, Bosh Qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan.

    Konstitutsiya – vijdon va eʼtiqod erkinligini oʻzida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini taʼminlovchi, mamlakat taraqqiyotini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning oru nomusi, diniy bagʻrikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Chunki, uning har bir moddasi, har bir boʻlimida xalqaro huquq meʼyorlari, milliy bagʻrikenglik tamoyillari aks etib turadi.

    Jumladan, Bosh Qomusimizning 18-moddasida bu mustahkam asos qilib belgilab qoʻyilgan: “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

    Shuningdek, demokratik, huquqiy davlat va zamonaviy jamiyat qurishning hamda ular rivojanishining zaruriy shartlaridan biri bu – Konstitutsion burchdir. Barcha ilgʻor davlatlar konstitutsiyalarida fuqarolarning burchlariga alohida oʻrin ajratilgan. Mustaqil Oʻzbekiston oʻz Konstitutsiyasida fuqarolar burchlarini belgilashda oʻz tarixiy xususiyatlariga va ilgʻor mamlakatlar tajribasiga suyanadi.

    Konstitutsion burch – Oʻzbekiston fuqarolarining Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan, fuqarolarning bajarilishi shart boʻlgan majburiyatlaridir.

    Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar;

    Barcha fuqarolar konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarni bajaradilar;

    Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar;

    Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir;

    Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar;

    Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar;

    Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish mamlakatning har bir fuqarosining muqaddas burchidir;

    Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda, harbiy va muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.

    Konstitutsion burchlardan tashqari, nokonstitutsion burchlar ham bor (ota-ona va yoshi katta keksalarga nisbatan hurmat, farzandlarga gʻamhoʻrlik, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etish va hokazolar).

    Konstitutsiya mustaqillik, tenglik, demokratiya va insonparvarlik uchun kurashning mevasidir.

    Ruslan Rustamov,

    Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat

    boshqarmasi masʼul xodimi