Sud qaroriga muvofiq, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunning 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga quyidagi mazmunda sharh berildi:
«Oʻzbekistan Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolari (arizalar) boʻyicha “...koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi” degan normani, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, deb tushunish lozim».
Shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisiga “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunni yanada takomillashtirish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etildi.