Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bekor qilingan reyslar:
- 10 tasi ichki reys;
- 28 tasi xalqaro reys.
Aeroportning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar boʻyicha Meteorologiya qoʻmitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilingan.
Istanbul xalqaro aeroporti masʼullari ertangi reyslarda yana oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligini bildirdi.
Konsulxona yurtdoshlarimizga oʻz parvozlari holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar koʻrishni tavsiya qildi.