Kontrabanda tamaki mahsuloti savdosi Oʻzbekiston byudjetiga qattiq zarba bermoqda

    Agar isteʼmolchilar kontrabanda tamaki mahsuloti sotilayotgani haqida xabar bersa, tekshiruvdan keyin aybdorlar javobgarlikka tortiladi, arizachi esa, jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot oladi.

    Oʻzbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotini sotganlik uchun javobgarlik koʻzda tutilgan – amaldagi qonunchilik bizga shuni maʼlum qiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227¹- moddasi doirasida kontrabanda sigaret sotganlik uchun tadbirkorlarni birinchi gal oxirgi hisobot choragidagi sof tushum summasining 2 foizi miqdorida, takroriy qonunbuzarlik uchun – 20 foiz miqdorida jarima kutadi.

    Bunda, agar Soliq qoʻmitasiga savdo nuqtasida kontrabanda tamaki mahsuloti sotilayotgani haqida murojaat kelib tushsa, vakolatli xodimlar tekshiruv oʻtkazishlari kerak boʻladi. Bu haqda isteʼmolchilarning oʻzlari Soliq.uz ilovasi orqali xabar berishlari mumkin. Tekshiruvdan keyin aybdorlar javobgarlikka tortiladi, arizachi esa, jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot oladi.

    Alohida qayd etish kerakki, kontrabanda tamaki mahsuloti savdosi Oʻzbekiston davlat byudjetiga qattiq zarba bermoqda. Masalan, ushbu vaziyat tufayli davlat byudjeti allaqachon 390,6 mlrd soʻm soliq tushumlarini ololmadi.

    Bundan tashqari, agar hududlar kechimida tahlil oʻtkazilsa, tamaki mahsuloti kontrabandasi muammosi butun respublika boʻylab oʻtkir masala boʻlib turgani tushunarli boʻladi.

    Quyidagi hududlarda eng yuqori daraja kuzatilmoqda:

    — Namangan — 41,6%

    — Qoʻqon — 29,5%

    — Jizzax — 21,2%

    — Qarshi — 10,9%

    Bu muammoni hal qilish uchun nazoratni kuchaytirish, shuningdek tadbirkorlarga bu kabi qalloblik uchun ularni qanday javobgarlik kutayotganligini sodda tilda tushuntirish kerak.