Qayd etilishicha, tekshiruvlarda“S.S“ MCHJ tomonidan “Samcom“ tovar belgisi bilan isteʼmolchilarni adashtirib yuborish darajasida aynan oʻxshash boʻlgan holda ishlab chiqarilgan 300 dona kontrafakt ratsiya (aloqa vositasi) savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan “S.S“ MCHJga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, tovar belgilisining noqonuniy sotuvi toʻxtatildi.
Eslatib oʻtamiz: Tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solinishi, huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinishi hamda 20 baravardan 1000 baravarigacha tovon puli undirilishiga sabab boʻlishi mumkin.








