Kontrakt pulini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

    Bu 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi.

    Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirishning soʻnggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni ham) yetib belgilandi:

    • toʻlov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
    • oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;
    • Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

    Eslatma: bu 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.