“Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (207-son, 08.04.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-maydan:
- davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;
- konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha “Jonli ijro”, “Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz” yoki “Fonogrammali konsert dasturi” deb aniq koʻrsatilishi lozim;
- Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” va “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.
2025-yil 1-iyuldan:
- jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari boʻyicha reklamalarni Oʻzbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda efirga berish uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;
- jonli ijroda va fonogrammadan qisman foydalanilgan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari Oʻzbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy xulosasi asosida bepul efirga uzatiladi.
har chorakda respublikaning barcha hududlarida “Jonli ijro haftaligi” oʻtkaziladi.