Ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilandi. Oʻtgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga koʻpaydi.
Muhimi, koʻp korxonalar “soya”dan chiqib, oylikni toʻgʻri koʻrsatishga oʻtgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra koʻpayib, qoʻshimcha 2,1 trillion soʻm soliq tushdi.
Shu bois koʻp tadbirkorlar imtiyoz muddatini yana uch yilga uzaytirishni soʻramoqda. Bu taklif maʼqullanib, endilikda imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 million soʻm oylik oladigan 30 yoshgacha boʻlgan ishchilariga qoʻllanishi belgilandi.
Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik toʻlayotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.