Kooperatsiya asosida 365 turdagi avtomobil butlovchi qismlarini oʻzimizda chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

    Yigʻilishda taʼkidlanganidek, avtomobilsozlikda yirik uzelli yigʻish usulidan toʻliq texnologik siklga oʻtilgani yaxshi natija boʻldi.

    Endilikda tarmoq rahbariyati oldida kelgusi uch yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga oshirish, 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish vazifasi turibdi.

    Kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlarni oʻzimizda chiqarishni yoʻlga qoʻyib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.