Koʻp bolali oilalar soni qaysi hududda eng koʻp?

    2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 487 586 ta koʻp bolali oilalar bor.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 487 586 ta koʻp bolali oilalar bor.

    Respublika hududlari orasida Qashqadaryo viloyatida eng koʻp 4 va undan koʻp bolali oilalar mavjud. Viloyatda 114 959 ta koʻp bolali oilalar istiqomat qilmoqda.

    Respublika hududlari orasida Navoiy viloyatida eng kam koʻp bolali oilalar mavjud. Viloyatda 5 336 ta koʻp bolali oilalar yashamoqda.