Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.X. Yangiqoʻrgʻon shaharchasida boshqa bir fuqaroga jami 39 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni 16,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.