Koʻp qavatli uy-joylar noqonuniy qurilganmi?

    Tashvishli xabar 18 Mart 2021 1027

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyda ham “gʻalvir suvdan koʻtarildi” sarlavhasi ostida maʼlumot berilgan koʻp qavatli turar joy obyektlari boʻyicha Navoiy viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirgan.

    Unda, xususan, shunday deyiladi:

    Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-yanvardagi 6-f son Farmoyishi ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi №19 sonli buyrugʻi, hamda Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosarining 2021-yil 15-yanvardagi “Viloyat hududlarida xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻp qavatli uy-joylar hamda noturar obyektlari qurilishi jarayonida sifat jihatidan amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” №03-03/62 sonli topshirigʻiga asosan viloyat hududlarida tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy obyektlarida qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalari hamda boshqa turdagi normativ hujjatlarga rioya etgan holda bajarilishi oʻrganib chiqildi.

    Monitoring natijalariga koʻra oʻrnatilgan tartibda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarining loyiha asosida va sifatli bajarilishi, hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat xizmatlari agentligi orqali qurilish montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida inspeksiyaga xabarnoma yubormasdan boshlagan qurilish obyektlari aniqlanib, nazoratga olindi va Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 99-moddasi 7-qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirildi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maqolalarda, noqonuniy deb koʻrsatilgan qurilish obyektlari aslida, oʻrganish natijalariga koʻra qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborishgacha boʻlgan hujjatlari, jumladan, yer ajratish qarori, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlib qurilish obyektlari xabarnoma yuborilmasdan qurilish montaj ishlari boshlangan.

    Navoiy viloyat hokimligining hududlarda qurilish sohasida qonunchiligini tartibga solish borasidagi bevosita amaliy yordami bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan inspeksiyani xabardor etmasdan boshlangan qurilish obyektlarini qonunchilikka muvofiqlashtirish borasida “Zarafshon Binoinshoot Qurilish” MCHJ, “Hakimzoda” MCHJ, “Osiyo yugra” XK va “Laylo ulgurji savdo” MCHJlar tomonidan olib borilayotgan qurilish obyektlari qisqa muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra hujjatlar rasmiylashtirilib, bu haqda hududiy inspeksiyaga xabarnomalar yuborildi hamda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazildi. Ijro hujjatlarini rasmiylashtirishda maʼlum vaqt talab etilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilib, xabarnoma uchun zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha yoʻnalishlar berib borilmoqda.

    Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.