Koʻp qavatli uy qurish bilan shugʻullangan MCHJ rahbari qamoqqa olindi

    Buxoro shahrida koʻp qavatli uylarni qurish bilan shugʻullanib kelgan “Humo Aziya” MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, “Humo Aziya” MCHJ rahbari Jamshid Karimov tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uylarda sodir etilgan qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Ayblanuvchi tomonidan Buxoro shahrining Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy koʻchalarida qurilayotgan koʻp qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan va tergov organi tomonidan bugungi kunga qadar tegishli tartibda jabrlanuvchi sifatida eʼtirof etilmagan fuqarolardan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimiga murojaat qilishlari soʻralmoqda.

    Xabarda MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uylarda qanday qonunbuzilish holatlari sodir etilgani ochiqlanmagan.