Koʻp qavatli uylar yertoʻlasi fuqarolarga beriladi

    Hukumat 8 Aprel 2021 1354

    Bu haqda davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida topshiriq berdi.

    Unga koʻra, tez orada koʻp qavatli uylarning yertoʻlasi xatlovdan oʻtkazilib, tikuvchilik, maishiy texnika, poyabzal taʼmirlash va kompyuter xizmatlari kabi faoliyat turlari uchun ajratib beriladi.

    Shu bois, Vazirlar Mahkamasi yertoʻlalardan foydalanishdagi cheklovlarni qisqartirish boʻyicha qaror qabul qiladi.