Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.S.” MCHJ mansabdor shaxslari oʻzaro til biriktirib, Oqoltin tumani “Koʻrkam diyor” massivida 1 ta koʻp qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Shu kabi, “Y.N” MCHJ tomonidan massivdagi 1 ta koʻp qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.