Koʻp qavatli uylarning muhandislik tarmoqlari yangilanadi

    Joriy yilda Toshkent shahridagi koʻp kvartirali uylarning taʼmirga muhtoj ichki muhandislik tarmoqlarini yangilash rejalashtirilgan.

    Rejaga koʻra, 1825 ta turar joylarning ichimlik suvi, suvoqova va issiq suv tizimidagi temir quvurlari plastikka almashtiriladi. Buning uchun byudjetdan 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.

    Bunday amaliyot 2007-yilda Mirzo Ulugʻbek tumanida amalga oshirilgan boʻlib, u oʻtgan vaqt davomida ishonchli va samarali ekanligini koʻrsatdi. Endi uning namunasida barcha tumanlarda ish olib boriladi.

    Bugun Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari v.v.b Shohruh Rahimjonov tuman hokimlari oʻrinbosalari, buyurtmachilar, taʼmirlash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar, boshqaruv kompaniyalari va XUJMSH mutasaddilariga bu yoʻnalishda qilingan ishlarni koʻrsatib, tushuntirishlar berdi. Joriy yil uchun rejalashtirilgan ishlar sifatli bajarilishi va yangilangan muhandislik tarmoqlari aholi uchun uzoq vaqt kafolatli xizmat qilishi lozimligiga eʼtibor qaratdi.