2018 yildan buyon 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchiga Kopa Trophy sovrini topshirib kelinadi. Kuni kecha ushbu sovringa joriy yilga da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi.

Bu ro'yxatdan  Jamal Musiala “Bavariya”, Jud Bellinghem “Real”, Antonio Silva “Benfika”,  Gavi “Barselona”,  Ele Vai “Lans”, Rasmus Heylund “Menchester YUnayted”, Alexandro Balde “Barselona”, Pedri “Barselona”, Eduardo Kamavinga  “Real” va Xavi Simons “Leyptsig”  joy olgan.

O'tgan yili bu mukofot “Barselona” futbolchisi Gaviga topshirilgandi.

Ushbu sovrin 1958 yilgi “Oltin to'p” egasi, frantsiyalik futbolchi Raymon Kopa nomi bilan atalgan.