Kopengagen: dunyodagi eng qadimgi fond birjasida yong'in sodir bo'ldi

    Shahar markazida joylashgan Kopengagen fond birjasi binosida kuchli yong'in yuz berdi. Qisqa vaqt ichida yong'in binoning muhim qismini qamrab oldi.

    Binoning atrofi o'rab olingan, ichidagi barcha odamlar evakuatsiya qilingan. Qutqaruvchilar va ularga qo'shilgan ko'ngillilar binodan qimmatbaho buyumlar, mebellar va rasmlarni olib chiqishmoqda. Yong'in sabablari hozircha ma'lum qilinmagan.

    Daniya madaniyat vaziri Yakob Engel-SHmidt ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo'layotgan voqealarga izoh berib, “Daniyaning 400 yillik madaniy merosi hozir yonmoqda”, deb yozdi.

    Kopengagen fond birjasi Daniya poytaxtidagi eng qadimiy binolardan biridir. Bino hozirda Daniya Savdo-sanoat palatasiga tegishli, deb xabar beradi report.az.