Kopengagenda birja binosining yarmi butunlay yonib ketdi

    Kopengagendagi tarixiy birja binosining yarmi yong'inda butunlay yonib ketgan va olovni o'chirish ishlari kamida payshanba kuni ertalabgacha davom etadi.

    Bu haqda Reuters agentligiga ma'lum qilindi.

    Daniyaning eski fond birjasining yarmi butunlay yonib ketgan, seshanba kuni olov binoni qamrab olib, tomning qulab tushishiga sabab bo'lganidan keyin faqat tashqi devorlari qoldi, xolos. Odamlar, qutqaruvchilar bilan birga, rasm va boshqa qadimiy buyumlarni binodan olib chiqib ketishdi.

    Qurbonlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar berdi qutqaruvchilar.

    Daniya ommaviy axborot vositalari, madaniyat arboblari va siyosatchilari bu voqeani besh yil avval Parijdagi Notr-Damda yuz bergan yong'inga qiyoslashdi.

    Tarixiy birja binosi ta'mirlanishda edi. Binoning konussimon gumbazi 1625-yilda qurilgan, inshoot Kopengagendagi eng qadimgi binolardan biri edi. Gollandiya uyg'onish davri usulida bunyod etilgan binoda Daniya Savdo palatasining shtab-kvartirasi joylashgan bo'lib, unda 1974-yilgacha Kopengagen fond birjasi faoliyat yuritgan, deb xabar beradi report.az.