Bu holatda maktab oʻquvchilari va talabalar kamida olti hafta masofadan turib oʻqishlari kerak boʻladi. Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, vaziyat imkon berishi bilanoq boshqa iqtisodiy va ijtimoiy cheklovlar bekor qilinadi.

“Mamlakat boʻylab hamma iloji boricha tezroq maktablarni ochishimizni istaydi va men sizni ishontirib aytamanki, bu hukumatning vazifasi. Ammo men va barchamiz shuni ham bilamizki, kasalxonalarda COVID kasalligiga chalingan 37 ming kishi bor va yuqtirish darajasi hali ham juda yuqori, biz hammamiz ehtiyot boʻlishimiz kerak”, — deya Jonson soʻzlarini keltirmoqda Euronews.

Ayni paytda, Litvada, koronavirus infeksiyasining yangi holatlari kamayganiga qaramay, ular karantin cheklovlarini 28-fevralga qadar uzaytirilganligini eʼlon qilishdi. Ammo mamlakat hukumati ushbu choralarni yumshatish toʻgʻrisida keyinroq oʻylashi kutilmoqda. Litva Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, COVID-19 dan oʻlim hali ham yuqori, ammo uni kamaytirish tendensiyasi mavjud.

Koʻpgina mamlakatlar xalqaro sayohatlarni taʼqiqlaydi. Norvegiya hukumati chegaralarni 29-yanvardan yopib qoʻyadi, agar biror majburiy sabab boʻlsagina, kirish huquqini beradi. Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Norvegiyada yashamaydigan har bir kishi uchun chegara yopiq boʻladi. Belgiya havo va quruqlik chegaralari tekshirilishi va qoidalarga rioya qilmaslik uchun jarimalar belgilangani haqida ogohlantirdi.

Ayni paytda, cheklovlar va komendant soati amal qiladigan Fransiyada koʻpchilik yaqinda uchinchi lokdaun boshlanishidan qoʻrqmoqda. Mamlakat hukumati qatʼiy karantin variantini koʻrib chiqayotgani maʼlum boʻldi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron qoʻshimcha choralarni tanlash uchun sanitariya holatini chuqurroq tahlil qilishni talab qildi.