«Koʻpkari»da dron uchirish qimmatga tushdi.

    Olib borilgan ijro harakatlar natijasida А.Қ.дан 34 million soʻm jinoiy jarima toʻliq undirilishi taʼminlandi.

    Oxirgi yillarda yurtimiz boʻylab dron-shoularni oʻtkazish ommalashib boryapti. Katta tadbirlar, bayram sanalarida yuzlab, minglab oʻzi uchar qurilmalar ishtirokida koʻrsatilayotgan bunday tomoshalar odamlarga qiziq.

    Ammo, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 4-moddasi bilan jinoyat deb topiladi.

    Xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tuman sudning 02.02.2024 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 244 prim 4-moddasi bandi bilan sudlangan А.Қ.нинг hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 34 million soʻm jarima jazosini davlat foydasiga undirish haqidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax shahar boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.

    Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qoʻzgʻatilib, nusxalari taraflarga yuborilgan.

    Olib borilgan ijro harakatlar natijasida А.Қ.дан 34 million soʻm jinoiy jarima toʻliq undirilishi taʼminlandi.

    Ushbu jarima fuqaro А.Қ. ga hayot darsi boʻlib, dronlar xavfsiz texnikalar qatoriga kirsa-da, smartfon kabi oddiy oʻyinchoq emasligi, boshqa bunday jinoiy ishlar bilan shugʻullanishning huquqiy oqibatlarini tushunib yetsa yaxshi boʻlardi.