Bu haqda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, koʻprik va sunʼiy inshootlar boʻyicha yaratilayotgan yagona elektron tizimga koʻprik va sunʼiy inshootlarda oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalariga muvofiq qoniqarli (yashil), taʼmirtalab (sariq), avariya holatidagilari esa qizil toifalarga ajratilgan holda kiritilib, dasturlar qisqa muddatda va samarali tashkil etiladi.
“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri kutilmagan avariya holatlarining oldini oladi, joylashgan koordinatasini (lokatsiya) oson aniqlab, koʻprik va sunʼiy inshootga tegishli barcha umumiy maʼlumotlarni taqdim etadi. Joylardagi aholi koʻprik va sunʼiy inshootga oʻrnatilgan (QR) sinxronlash kod orqali murojaat va takliflarini mobil ilova yordamida bildirishi mumkin boʻladi.