Koʻprik yuk mashinasi oʻtayotgan vaqtda qulab tushdi

    Toshkent viloyati Piskent tumanidagi koʻprik qulab tushdi.

    Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Shu yilning 2-oktyabr kuni soat 20:00 larda 1987-yilda tugʻilgan fuqaro Howo yuk mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda koʻprik oʻpirilib tushgan.

    Oqibatda transport vositasining tirkamasi Polvonov kanaliga tushib ketgan.

    Ushbu hodisa sodir boʻlgan vaqtda koʻprikda fuqarolar boʻlmagan hamda haydovchining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Hozirda tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.