Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, mostdan tushib ketgani aytilayotgan avtobus Jamiyatning “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Mercedes-benz” rusumli avtobus hisoblanib, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o‘tkir syujetli “Uch qahramon” filmining tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahnalashtirilgan holat hisoblanadi.
Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lib, hudud yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan nazoratga olinganligini hamda suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmagani ma’lum qilingan.
"Ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu holatni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.