Tashrif buyurganlarga akademiyaning tarixi, hududi va oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berildi. Ikki davlat oliy harbiy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida ikki tomonlama muzokara tashkil etildi.
Shundan soʻng, akademiya muzeyi, oʻquv xonalari, Axborot resurs markazi, mashgʻulot jarayonlari, yotoqxona hamda harbiy oʻquv texnikalarining imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Mehmonlar akademiyaning oʻquv jarayonini taʼminlash bazasini koʻzdan kechirdi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida boʻldi. U yerda mehmonlar taʼlim jarayonlari, kursantlarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, ofitserlar tayyorlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.