Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama etishdan iborat boʻldi.

Tashrif doirasida Koreya Respublikasi taʼlim tizimining bir qator taʼlim muassasalari va idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida tegishli hujjatlar imzolandi.

Xususan, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida professor-oʻqituvchilarning akademik va talabalar almashinuvi, malaka oshirish tizimini kengaytirish boʻyicha kelishib olindi. Shuningdek, arxitektura, qurilish muhandislik, elektronika va kompyuter muhandisligi yoʻnalishlarini rivojlantirish, IT, sunʼiy intellekt, shaharsozlik va boshqa muhim sohalarda oʻzbekistonlik talaba-yoshlarning grant asosida Koreya Respublikasida taʼlim olishini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Bundan tashqari, oliy taʼlim sohasida “ODA” (“Rivojlanish uchun rasmiy yordam”) loyihalarini Oʻzbekistonda muntazam amalga oshirish toʻgʻrisida hamkorlik shartnomasi imzolandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.