Bu bo'yicha Prezidentning “Koreya-o'zbek o'quv-amaliy to'qimachilik texnoparkining samarali faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasining texnoparkni “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasining operativ boshqaruviga o'tkazish to'g'risidagi taklifi ma'qullanadi.

Texnopark tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar, texnoparkka va uning rezident-korxonalariga (xususan, texnoparkning ekstraterritorialligi printsipini hisobga olgan holda) “Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida”gi qonunga muvofiq O'zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan imtiyozlar va preferentsiyalardan egalik qilish, ulardan foydalanish huquqini beruvchi maxsus iqtisodiy zona maqomi beriladi.

“O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi koreya-o'zbek o'quv-amaliy to'qimachilik texnoparki to'g'risidagi nizomni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. Shuningdek, koreya-o'zbek o'quv-amaliy to'qimachilik texnoparki ustavini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlaydi.