Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Samarqandda

    Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiya bugun Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev hamrohligida Samarqandga keldi.

    O'zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiya bugun Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev hamrohligida Samarqandga keldi.

    Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, martabali mehmonlarni viloyat hokimi erkinjon Turdimov kutib olgan. Ayni paytda mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishmoqda.