20 ta yarim avtomatik mexanizmli va ko'p funktsiyali tibbiy krovatdan  iborat insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning “Myung Sung Placon Co., Ltd” kompaniyasi ko'magida tashkillashtirildi va  “Uzbekistan Airways” AJning yuk tashish charter reysi bilan O'zbekistonga jo'natildi. 

Mamlakatimiz diplomatik missiyasi O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi ehtiyojlari uchun koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashishga yo'naltirilgan insonparvarlik yordami, birinchi navbatda, yuqori texnologiyaga ega tibbiy asbob-uskunalar (ko'tarib yurishga qulay ko'chma rentgen uskunalari, shprits nasoslari va boshqa qo'shimcha jihozlar)ni keng ko'lamda jalb qilishni izchil davom ettirmoqda.

Umumiy og'irligi taxminan 15 tonna bo'lgan 126 ming dollarlik insonparvarlik yordamining qolgan qismi navbatdagi yuk tashish charter reysi bilan jo'natiladi.

eslatib o'tamiz, 23 may kuni ham O'zbekistonga Janubiy Koreyaning “Suwan TPL” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 20 ta yarim avtomatik mexanizmli va ko'p funktsiyali tibbiy krovat etkazib berilgan edi.

Insonparvarlik yordami ortilgan havo layneri Toshkentga bugun etib keladi.