Koreya Respublikasi Prezidentining Yangi Janubiy va Shimoliy siyosat boʻyicha kotibi bilan uchrashuv

    Xalqaro hamkorlik 2 Avgust 2021 784

    2021-yil 1-avgustda Seul shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Prezidentining Yangi Janubiy va Shimoliy siyosat boʻyicha kotibi Yo Han Gu bilan uchrashdi.

    Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy surʼatda rivojlanayotganini, deyarli barcha xalqaro va mintaqaviy masalalar boʻyicha yondashuvlar hamda qarashlar oʻxshashligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

    Janubiy Koreya tomoni “Yangi shimoliy siyosat” doirasida Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida Seulning muhim sherigi ekanligini qayd etdi. Mazkur siyosat Yevroosiyo hududida xavfsizlikni taʼminlash va koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.

    Yuqori texnologiyalar, yashil va raqamli iqtisodiyot, AKT, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Tashqi ilar vazirligi matbuot xizmati.