Uchrashuvda Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotgani, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga yana bir muhim qadam boʻlishi alohida taʼkidlandi.
“Lotte group” nafaqat Koreyada, balki Osiyoda eng yirik konglomeratlardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya mamlakatimizdagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya ishtirokidagi ilk yirik Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etgan.
Uchrashuvda hamkorlikdagi loyihalarni “yashil” energetika, gaz-kimyo, turizm, oziq-ovqat va boshqa sohalarni qamrab olgan holda yanada boyitish masalalari muhokama qilindi.