Koreya tomonidan Ye-9 vizasining amal qilish muddati uzaytirildi

    Ijtimoiy hayot 8 Oktabr 2021 1668

    Ye-9 vizasi boʻyicha tanlovlar bazasidagi 2 yillik muddati tugayotgan fuqarolarga qoʻshimcha muddat berildi.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Irmatovning Koreya Respublikasidagi tashrifi davomida Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vitse-prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda Ye-9 viza tasdiqnomasi muddati va tanlovlar bazasidagi 2 yillik muddati tugayotgan (shartnoma kutayotganlar) fuqarolarga qoʻshimcha muddat berish masalasi muhokama qilingan edi.

    Muzokaralar natijasida Koreya tomonidan COVID-19 pandemiyasi sababli Koreya Bandlik va mehnat vazirligi imtihondan oʻtgan nomzodlar uchun ballik tizimning amal qilish muddati 2 yildan oshganligi sababli qayta roʻyxatdan oʻtolmaydigan ishchilarning tanlovlar bazasidagi 2 yillik amal qilish muddati uzaytirilgani maʼlum qilindi.

    Unga koʻra, 2021-yil 1-iyuldan 30-sentyabrgacha amal qilish muddati mavjud boʻlgan nomzodlarga 2021-yil 1-oktyabrdan 6 oy qoʻshib beriladi.

    Shuningdek, joriy yil 1-oktyabrdan 31-dekabrgacha 2 yillik amal qilish muddati tugaydigan nomzodlarga muddati tugagan sanadan boshlab 6 oy qoʻshib beriladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.