Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini eʼtirof etib, mehnat munosabatlari boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.
Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini maʼlum qildi.
Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi.