Mazkur forumdan koʻzlangan maqsad ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, kelishuvlarni samarali amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdan iborat.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi, xususan, davlat idoralari va xususiy sektor oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va yangi loyihalar va dasturlar amalga oshirish boʻyicha tashabbuslar ilgari surildi.

Biznes-forum yakunlari boʻyicha ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar oʻtkazilib, toʻqimachilik, agrosanoat va ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.