Koreyaga o'qishga borib, terroristik tashkilotga qo'shib ketgan andijonlik yigit qidiruvga berildi

    Xavfsizlik 17 Aprel 2024 501

    Hozirda u Suriyaning Idlib shahrida jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani haqida ma'lumot olingan.

    Ma'lum qilinishicha, A'zamjonov Muhammadiy 1996 yil Andijon viloyatining Andijon shahrida tug'ilgan. U 2018 yilda Janubiy Koreyada joylashgan Sejong institutiga o'qishga kirgan.

    O'qish davomida mavsumiy ishlar bilan shug'ullanib yurgan vaqtida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarning g'oyaviy etakchilari ta'siriga tushgan.

    2020 yilning fevral oyida Turkiyaga o'tib, Istanbul shahridagi madrasada noto'g'ri diniy ta'lim olib radikallashgan, oktyabr oyida Suriyadagi «Tavhid val jihod katibasi» jamoatiga qo'shilgan va jangovar tayyorgarlikdan o'tgan.

    Hozirda Suriyaning Idlib shahrida jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani haqida ma'lumot olingan. Huquq tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qidiruv e'lon qilingan, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.