Viloyat markazida transport harakati tarkibi, tirbandlik koʻlami, svetoforlarning oʻtkazuvchanligini aniqlash maqsadida 16 ta chorraha tanlab olingan. Har bir chorrahada toʻrt tomondan transport oqimi hisob-kitob qilindi. Bu ishga koʻngilli kishilar maʼlum toʻlov asosida jalb etildi. Ularga barcha sharoit yaratib berildi. Jarayon bir sutka davom etib, 3 smenada tashkil etildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bundan koʻzlangan asosiy maqsad Qarshi shahridagi transport muammolarini tahlil qilish, tegishli koʻrsatkichlar asosida “Aqlli transport tizimi”ning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishdan iborat.