Ular Samarqand va Buxoro singari tarixiy shaharlarimizga sayohat qildi.
Bugun mehmonlar Toshkentdagi 5-sonli maktabga kelib, oʻzbekistonlik oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan muloqot qildi. Shuningdek ular ochiq darslarda qatnashdi, dars jarayonlarini kuzatdi, ikki xalqning milliy taomlaridan tanavvul qildi. Ikki mamlakat oʻquvchilar birgalashib qoʻshiqlar kuyladi, esdalik uchun suratlarga tushdi.
15-noyabrda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida boʻlib oʻtadigan Yozuvchilarning 9-xalqaro kongressida ushbu oʻquvchi va oʻqituvchilar ishtirok etib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining oʻzbek adabiyoti haqidagi maʼruzasini tinglaydi.
Koreyalik oʻqituvchi va oʻquvchilar Oʻzbekistonga birinchi marta keldi. Agar sayohat ularga yoqib, safarlari muvafaqqiyatli yakunlansa, har yili koreyalik maktab oʻquvchilari mamlakatimizga sayohatga kelishini bildirishdi. Bu esa ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishiga hissa qoʻshadi.