Koreyalik tadbirkorlar Toshkent viloyatida tibbiyot klasterini tashkil qilishni rejalashtirmoqda

    Xorijlik investorlarga Nurafshon shahar hokimi tomonidan hududning investitsion imkoniyatlari ko'rsatib o'tildi.

    Xorijlik investorlar "Nurafshon biznes siti" faoliyatini ko'zdan kechirar ekan, u erda bunyod etilgan hamda yaqin kelajakda qurilishi reja qilingan qator loyihalar bilan tanishdi. SHuningdek, shahar hokimi Muzaffar Saliev tomonidan mavjud hududning investitsion imkoniyatlari ko'rsatib o'tildi.

    Mehmonlarga namoyish etilgan taqdimotlarda ham “Nurafshon biznes siti” majmuasi turli loyihaviy investitsiyalar uchun aynan mos nuqta ekanligi urg'ulandi. Investorlarning talabi bo'yicha ularning rejalashtirayotgan loyihalari, ya'ni, tibbiyot klasterini yaratishlari uchun hokimlik tomonidan taklif qilingan ob'ektlar ko'rsatildi.