Koʻrik-tanlov gʻolibi — yurtning ibratli oilasi

    Ijtimoiy hayot 16 May 2023 3278

    Xorazm viloyatida “Farovon oila sari” shiori ostida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

    Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda oila va xotin-qizlar tuman, shahar boʻlimlari masʼul xodimlari, mahalla xotin-qizlar faollari, ibratli oilalar vakillari, faol talaba yoshlar ishtirok etdi.

    Tanlovning dastlabki mahalla, tuman, shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, viloyat tanlovida ishtirok etib, gʻalaba qozongan faol va tashabbuskor, har sohada ilgʻor, ibratli oilalar mazkur tantanali marosimda munosib taqdirlandi.

    – Bugungi koʻrik-tanlov chin maʼnoda ibratli oilalarning mustahkam, farovon va namunali turmush tarzini ommalashtirishda, oʻsib kelayotgan kelajak avlodga, oila qurish ostonasida turgan yoshlarga ibrat qilib koʻrsatishda dasturilamal vazifasini oʻtamoqda, – deydi Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nigora Qutlimuratova.

    Oilaviy qadriyatlarni asrab, namunali, koʻpchilikka ibrat boʻlib, salohiyatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan oilalardan 10 nafari “Vatanparvar oila”, “Tadbirkor oila”, “Mohir hunarmand oila”, “Sadoqatli oila”, “Sanʼatsevar oila”, “Maʼrifatparvar oila”, “Sportsevar oila”, “Zaxmatkash-mehnatsevar oila”, “Ishbilarmon oila”, “Oilaviy qadriyatlarni saqlagan oila” kabi nominatsiyalar boʻyicha sovrinlarni qoʻlga kiritdi.

    Tanlov natijalariga koʻra 1-oʻrinni Xiva shahridan Atajonovlar oilasi, 2-oʻrinni Qoʻshkoʻpir tumanidan Otaqovlar oilasi, 3-oʻrinni Xiva tumanidan Madrimovlar oilasi egalladi, deb xabar beradi Xorazm viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati.

    Koʻrik-tanlovyakunidakonsertdasturinamoyishetildi.